Suares va Rakitich «Barselona»ning g‘alabasini ta’minlashdi

  • 28 fevral 2015, 23:05
  • 4 110
  • Sport
  • Suares va Rakitich «Barselona»ning g‘alabasini ta’minlashdi

    "Barselona" Ispaniya chempionatining 25-tur bahsini safarda o‘tkazdi va "Granada" ustidan g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar bu o‘yinda katta kuch bilan o‘ynashmadi. Shunchaki mahorat evaziga g‘alaba qozonishdi.

    O‘yin tempi unchalik yuqori bo‘lmadi. Messi va Neymar o‘z darajasida o‘yin ko‘rsatishmadi. Ivan Rakitich va Luis Suares esa yaxshi o‘ynashdi. "Barsa"ning gollari ham bu ikki futbolchi faolligi evaziga yuzaga keldi. O‘yinning 25-daqiqasida Alba uzatmasidan so‘ng Suaresni jarima maydonchasiga ichiga o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Himoyachi esa to‘pni qaytardi, ammo Rakitich osongina darvozani ishg‘ol qildi.

    Ikkinchi bo‘limning boshida Suares Rakitich bilan "devor" o‘ynab, o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Bartraning qo‘polligi evaziga "Barselona" darvozasiga penalti belgilandi va hisob qisqardi. Ushbu gol kataloniyaliklarning xotirjamligiga chek qo‘ydi. O‘yin tugashiga 20 daqiqa qolganida Rakitich yana Suaresni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Urugvaylik futbolchi darvozabonni aldab o‘tdi va o‘zi bemalol darvozani ishg‘ol qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni Messiga berdi. Leo bo‘sh darvozani muammosiz ishg‘ol qildi.

    Shundan so‘ng ham Neymar, Messi va Pedroda bir qancha golli vaziyatlar bo‘ldi, ammo ular imkoniyatdan foydalana olishmadi.

    Shu tariqa, "Barsa" va peshqadam "Real" ochkolari orasida bir ochkolik farq qoldi. Madridliklar ertaga o‘z maydonlarida "Vilyarreal"ni qabul qilishadi.

    Ispaniya chempionati, 25-tur
    Granada – Barselona 1:3 (0:1, 1:2)

    Gollar: 0:1 – 25 Rakitich, 0:2 – 48 Suares, 1:2 – 53, penalti Riko, 1:3 – 70 Messi.
    Granada – Olasabal, Kala, Baben, Fulke, Nom, Markes (Rochina, 67), Iturra, Ibanes, Riko, Bangura (Kandeyash, 79), Kordoba (Saksess, 78).
    Barselona – Bravo, Dani Alves, Bartra, Alba, Mate (Buskets, 75), Xavi (Rafinya, 65), Maskerano, Rakitich, Neymar, Messi, Suares (Pedro, 79).
    Ogohlantirishlar: Markes (3), Suares (15), Neymar (55), Mate (58).

    Manba: www.stadion.uz.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Suares va Rakitich «Barselona»ning g‘alabasini ta’minlashdi