15:32 / 01.03.2015
3 941

Dunyoning eng badavlat hakami Qozog‘iston Superkubogida xizmat qiladi

Dunyoning eng badavlat hakami Qozog‘iston Superkubogida xizmat qiladi

Dunyodagi eng boy futbol hakami hisoblanadigan shvesiyalik Yonas Eriksson Qozog‘istonga keladi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, ushbu 40 yoshli hakam 1 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Qozog‘iston Superkubogi uchrashuvini boshqarib boradi. Bu o‘yin mamlakat poytaxti Ostona shahrida mahalliy “Ostona” va Olmaotaning “Qayrat” jamoalari o‘rtasida o‘tkazilib, Ostona vaqti bilan soat 15:30 da boshlanadi. Erikssonga qanotlarda Daniel Vehnmark va Deniel Gustavsson yordam beradi.

Ma’lumot uchun, Yonas Eriksson Evro-2012, 2014 yilda Braziliyada o‘tgan mundial hamda har yili o‘tkaziladigan evrokuboklarda o‘yinlarni boshqargan.

U 20 yildan beri hakamlik qilsada, bu uning hobbisi hisoblanadi. Eriksson asosan mediabiznes bilan shug‘ullanadi. U o‘z sheriklari bilan sport o‘yinlarini translyasiya qiluvchi kompaniya ochgan. 2011 yilda bu kompaniya aksiyalarining 15 foizi 75 mln evroga sotilgan.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyoning eng badavlat hakami Qozog‘iston Superkubogida xizmat qiladi