Angliya Premer-ligasining 27-turidan o‘rin olgan "Liverpul" va "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv "markaziy o‘yin" nomiga to‘la mos bo‘ldi. "Enfild"ga yig‘ilgan muxlislar ajoyib futbol guvohiga aylanishdi.
Chempionlik unvonini saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan "shaharliklar" birinchi raqam ostida o‘ynashgan bo‘lsa, liverpulliklar birinchi bo‘limda himoyaviy o‘yin uslubini tanlashdi. Shu bois, o‘yinning dastlabki daqiqalarida Pellegrini shogirdlarining to‘pni ko‘proq nazorat qilishi hali hech narsani anglatmasdi. O‘yinning 11-daqiqasida "Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Xenderson tomonidan 18 metrlardan yo‘llangan zarba darvoza to‘siniga tegib, darvozaga kirib ketdi!
Oradan 2 daqiqa o‘tib, markazdan uzatilgan to‘pni Aguero jarima maydonchasi ichida qabul qildi va deyarli birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. To‘p olis ustunga tegib qaytdi! Umuman olganda, "qizillar" o‘yin davomida yaxshi himoyalanishdi, ammo 25-daqiqada ular birozgina e’tiborni yo‘qotishdi. Aguero 3 himoyachi orasidan ampluadoshiga uzatma berdi va Jeko birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘limda "Liverpul" faollashdi va "Siti"ni himoyada o‘ynashga majbur qilishdi. Amalga oshirilayotgan bosim o‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida o‘z mevasini berdi. Filippe Koutino jarima maydonchasi burchagidan kuchli zarba yo‘llab, olis burchakni aniq nishonga oldi. 2:1. Bu gol Xendersonning goliga judayam o‘xshab ketdi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Liverpul" o‘z ochkolarini 48taga etkazdi va 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Siti" esa mag‘lubiyat tufayli chempionlik uchun kurashda o‘z imkoniyatlarini qiyinlashtirib yubordi.
APL, 27-tur
Liverpul – Manchester Siti 2:1 (1:1)
Gollar: 1:0 – 11 Xenderson, 1:1 – 25 Djeko, 2:1 – 75 Koutino.
Liverpul – Minole, Shkrtel, Lovren, Moreno (Ture, 83), Koutino, Allen, Lallana, Sterling, Markovich (Starrij, 76), Xenderson, Djan.
Manchester Siti – Xart, Sabaleta, Mangalya, Kompani, Kolarov, Fernandino (Boni, 78), Ture, Silva, Nasri (Lempard, 83), Aguero, Jeko (Milner, 58).
Ogohlantirishlar: Nasri (57), Milner (82), Lallana (84), Boni (86).
Manba: www.stadion.uz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi