20:02 / 02.03.2015
6 102

Shumaxerning o‘g‘li “Formula-4″ poygalarida debyut qiladi

Shumaxerning o‘g‘li “Formula-4″ poygalarida debyut qiladi

“Formula-1″ poygalarida 7 marta g‘olib bo‘lgan Mixail Shumaxerning 15 yoshli o‘g‘li Mik Shumaxer o‘zini “Formula-4″ poygalarida sinab ko‘radi. Bu poygalarda u Van Amersfoort jamoasi nomidan ishtirok etadi. Bu haqda Autosport.com nashri xabar tarqatdi.

Mavsumning birinchi bosqichi shu yilning 25-26 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mik Shumaxer oxirgi yillarda karting turnirlarida “Kichik Mik” laqabi bilan muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda. O‘tgan yili u KF-Junior toifasidagi turnirda ikkinchi o‘rinni olgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shumaxerning o‘g‘li “Formula-4″ poygalarida debyut qiladi