Rio-2016. Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik raqibini engib, yarim finalga chiqdi

  • 17 avgust 2016, 00:50
  • 4 882
  • Sport
  • Rio-2016. Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik raqibini engib, yarim finalga chiqdi

    Rio-2016 Olimpiadasining 64 kilogrammgacha bo‘lgan toifasida chorak final doirasida O‘zbekiston vakili Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik Garri Rasselga qarshi chiqdi.

    Birinchi va ikkinchi raundlarda raqibiga qaraganda faolroq bo‘lgan G‘oibnazarov hakamlarning yuqori baholariga ega bo‘ldi va uchinchi raundni xotirjamlik bilan o‘tkazib, g‘alabaga erishdi 2:1 (29-28, 29-28, 28-29).

    Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili yarim finalga yo‘l oldi va medalni naqd qildi. Bu bilan barcha o‘zbekistonliklarni, shu jumladan Fazliddinni 16 yildan buyon shug‘ullantirib keladigan, ayni vaqtda uning ishtirokini O‘zbekistonda turib kuzatayotgan Abror Tursunpo‘latovni tabriklaymiz.

    Fazliddin 1/16 finalda kongolik Malonga Dzalamouni, 1/8 finalda esa hindistonlik Manoj Kumarni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.

    Uning navbatdagi raqibi rossiyalik Vitaliy Dunaysev bo‘ladi. Bu bokschi chorak finalda xitoylik Xu Xianxun to‘sig‘idan o‘tdi.

    Yarim final jangi 18 avgust kuniga belgilangan, deyiladi "Kun" nashrida.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rio-2016. Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik raqibini engib, yarim finalga chiqdi