Rio-2016: Useyn Bolt – 8 karra Olimpiya chempioni

  • 19 avgust 2016, 08:56
  • 4 649
  • Sport
  • Rio-2016: Useyn Bolt – 8 karra Olimpiya chempioni

    Yamaykalik mashhur sprinter Useyn Bolt Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada 200 metrga yugurish musobaqasi finalida g‘olib bo‘lib, 8 karra Olimpiya chempioni bo‘ldi. U masofani 19,78 soniyada yugurib o‘tdi, deb xabar berdi "Kun" nashri.

    Kumush medal kanadalik Andre de Grassega (20,02 soniya), bronza medal esa fransuz Kristof Lemetrga (20,12 soniya) nasib etdi.

    Bolt Riodagi Olimpiadada ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. U avvalroq, o‘zi istagandek, o‘ziga tegishli jahon rekordini yangilay olmagan bo‘lsa-da, 100 metrga yugurishda chempion bo‘lgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rio-2016: Useyn Bolt – 8 karra Olimpiya chempioni