Krishtianu Ronaldu - eng boy futbolchi

  • 06 mart 2015, 09:20
  • 9 415
  • Sport
  • Krishtianu Ronaldu - eng boy futbolchi

    Goal.com nashri tomonidan eng boy futbolchilar reytingi ma’lum qilindi. Bu reytingga ko‘ra futbolchilarning nafaqat maoshi, balki boshqa daromadlari ham hisoblab chiqilgan.

    Unga ko‘ra Madridning "Real" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu eng boy futbolchi deb tan olindi.

    Ikkinchi o‘rinda "Barselona" klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi joylashgan. Uchinchi o‘rin esa "Barselona" klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarga nasib qildi.

    Eng boy futbolchilar reytingi quyidagicha ko‘rinish olgan:

    1. Krishtianu Ronaldu ("Real")
    – 210 million evro

    2. Lionel Messi ("Barselona") – 200 million evro.

    3. Neymar ("Barselona") – 135 million evro.

    4. Zlatan Ibrohimovich ("PSJ")
    – 105 million evro.

    5. Ueyn Runi ("Manchester Yunayted") – 103 million evro.

    6. Kaka ("Orlando") – 96 million evro.

    7. Samyuel Eto'O ("Sampdoriya") – 87 million evro.

    8. Raul ("Nyu-York") – 85 million evro.

    9. Ronaldino ("Keretaro") – 83 million evro.

    10. Frenk Lempard ("Manchester Siti") – 80 million evro.

    11. Bastian Shvaynshtayger ("Bavariya") – 75 million evro.

    12. Rio Ferdinand ("KPR") – 72 million evro.

    13. Janluijji Buffon ("Yuventus") – 68 million evro.

    14. Stiven Jerrard ("Liverpul") – 64 million evro.

    15. Yaya Ture ("Manchester Siti") – 62 million evro.

    16. Frank Riberi ("Bavariya") – 61 million evro.

    17. Franchesko Totti ("Roma") – 60 million evro.

    18. Jerar Pike ("Barselona") – 58 million evro.

    19. Serxio Aguero ("Manchester Siti")
    – 58 million evro.

    20. Jon Terri ("Chelsi") – 56 million evro.

    Manba: www.uff.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Krishtianu Ronaldu - eng boy futbolchi