OFK navbatdagi Jahon chempionati va Osiyo kubogi uchun ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash vaqtini e’lon qildi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar tarqatgan.
Unga ko‘ra, qur’a joriy yilning 14 aprelida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tadi.
Marosim Toshkent vaqti bilan 12:00da boshlanadi.
Aytish kerakki, jamoalar savatchalarga FIFA reytingi bo‘yicha joylashadilar.
Mintaqadagi FIFA reytingida eng yuqori ballga ega bo‘lgan 34ta terma jamoa avtomatik tarzda 2-bosqichga yo‘l olgan. Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, O‘zbekistan, BAA, Qatar, Oman, Iordaniya, Xitoy, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iroq, Falastin, Livan, Kuvayt, Filippin, Maldiv orollari, Vetnam, Tojikiston, Myanma, Afg‘oniston, Tailand, Turkmaniston, KXDR, Suriya, Kirg‘iziston, Malayziya, Gonkong, Singapur, Indoneziya, Laos, Guam va Bangladesh jamolari saralashni ikkinchi turda boshlashadi.
Bu jamoalarga shuningdek, 1-saralash bsqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan terma jamoalar qo‘shilishadi. Hindiston – Nepal, Yaman – Pokiston, Sharqiy Timor – Mongoliya, Kambodja – Makao, Xitoy Taypeyi – Bruney va Shri-Lanka – Butan bellashuvlari g‘oliblari ikkinchi bosqichda kurashni davom ettirishadi. Ushbu juftlik g‘oliblari 17 martga qadar ma’lum bo‘ladi.
2-Saralash bosqichida 40ta terma jamoa har birida beshtadan jamoani ichiga olgan 8ta guruhga bo‘linishadi. Bellashuvlar shu yilning 11 iyunida boshlanib, 2016 yilning 29 martiga qadar davom etadi.
Guruh g‘oliblari, shuningdek, eng yaxshi ko‘rsatgichga ega bo‘lgan 4ta ikkinchi o‘rin sohiblari (jami 12 jamoa) 2019 yilgi Osiyo kubogining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Shu bilan birga, mazkur jamoalari Jahon chempionati so‘nggi saralash bosqichida kurashni davom ettirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Ikkinchi saralash bosqichidagi qolgan 24 jamoa esa Osiyo kubogi 2019ning 12ta yo‘llanmasi uchun kurash olib boradilar.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi