O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Osiyo chempionatiga boradigan tarkibi ma’lum

  • 05 sentyabr 2016, 12:28
  • 3 890
  • Sport
  • O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Osiyo chempionatiga boradigan tarkibi ma’lum

    15 sentyabr – 2 oktyabr sanalari davomida Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi uchun O‘zbekiston U-16 terma jamoasi tarkibi ma’lum.

    Temur Olimxo‘jaev boshchiligidagi murabbiylar shtabi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga nomzod futbolchilarni yil davomida o‘tkazilgan yig‘inlar davomida saralab bordi. Slovakiyada o‘tkazilgan yakuniy yig‘indan so‘ng Olimxo‘jaev Osiyo chempionatiga olib boriladigan 22 futbolchi borasida yakuniy qarorga keldi.

    Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichi uchun tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra “D” guruhidan o‘rin olgan. Ushbu guruhda o‘zbekistonliklarga Shimoliy Koreya, Tailand va Yaman o‘smirlar terma jamoalari raqib bo‘ladi.

    O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Osiyo chempionati guruh bosqichidagi o‘yinlari taqvimi:

    17 sentyabr: O‘zbekiston – Tailand (19:30)

    20 sentyabr: Yaman – O‘zbekiston (15:30)

    23 sentyabr: KXDR – O‘zbekiston (18:30)

    *O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

    O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Osiyo chempionati uchun tarkibi:

    Darvozabonlar

    Himoyachilar

    Yarim himoyachilar

    Hujumchilar


    Manba: www.the-uff.com

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Osiyo chempionatiga boradigan tarkibi ma’lum