12:41 / 06.09.2016
6 260

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Iordaniyadagi xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Iordaniyadagi xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi

Iordaniya poytaxti Oman shahrida og‘ir atletika bo‘yicha 4-xalqaro Afro-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi mazkur musobqada qizlar terma jamoasi bilan ishtirok etdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Rio-de-Janeyroda XXXI yozgi Olimipiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, terma jamoa etakchisi Ruslan Nuriddinov oltin medalni qo‘lga kiritgan, Olimpiya o‘yinlari rekordini yangilagandi. Shu boisdan erkaklar terma jamoasiga nufuzli musobaqadan so‘ng jismoniy holatlarini tiklab olish uchun biroz dam berishga qaror qilgan federasiya rahbarlari Iordaniyaga qizlar terma jamoasini olib ketishgandi.

Qizlar terma jamoasi ham Afro-Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib o‘zbek og‘ir atletika maktabi chindan ham qit’ada etakchilardan ekanligini amalda isbotlay olishdi. Musobaqada ishtirok etgan etti nafar o‘zbekistonlik sportchidan olti nafar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Vazni 53 kg gacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida Marina Sisoyeva, 69 kg og‘irlikdagi qizlar bahsida Manzura Mamasolieva va 75 kg og‘irlikka ega bo‘lgan qizlar o‘rtasida Omadoy Otaqo‘zievalar uchchala yo‘nalishda, ya’ni dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikkikurash bahslari yakunlariga ko‘ra uchtadan oltin medallariga sazovor bo‘lgan bulsalar, siltab ko‘tarishda yana bir hamyurtimiz Muattar Nabieva barcha raqiblarini ortda qoldirib oltin medali bilan taqdirlandi.

69 kg og‘irlikdagi qizlar bahsida kumush medal ham O‘zbekiston vakilasiga nasib etdi. Ushbu vazn toifasida oltin medalga Manzura Mamasolieva sazovor bo‘lgandi. Shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan esa yana bir o‘zbekistonlik sportchi Gulnoza Axmatova o‘rin egalladi. Gulnoza ham o‘z navbatida uchchala yo‘nalishda kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, delegasiyaning yana bir a’zosi Dalera Davronova bronza medali bilan taqdirlandi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jami 4ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umujamoa hisobida 31 mamlakat orasida birinchi o‘rinni egallashdi va 4-xalqaro Afro-Osiyo chempionatining Bosh mukofotiga sazovor bo‘lishdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirda O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi yangi to‘rt yillik Olimpiya sikliga ayollar terma jamoasini qaytadan shakllantirmoqda va 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar terma jamoasi oldiga ham katta maqsadlar qo‘yilmoqda. Iordaniyadagi turnir esa ushbu siklda dastlabki sinov musobaqasi bo‘ldi. Ana shu tariqa Tokio Olimpiadasiga qadar terma jamoa tarkibi ko‘plab xalqaro musobaqalar orqali shakllantirib boriladi.

Manba: kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Iordaniyadagi xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi