23:58 / 07.03.2015
6 001

Kichik sensasiya. «Real» safarda «Atletik»dan mag‘lubiyatga uchradi

Kichik sensasiya. «Real» safarda «Atletik»dan mag‘lubiyatga uchradi

Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionati 26-turida Bilbaoning "Atletik" klubi mehmoni bo‘ldi va mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvdagi yagona gol Aduriz tomonidan 26-daqiqada kiritildi. "Atletik" futbolchilari chiroyli hujum tashkil qildilar va hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldilar. Ushbu gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.

"Real"ning o‘yini esa qovushmadi. Karlo Anchelotti tomonidan amalga oshirilgan zaxira imkoniyatlari ham ish bermadi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Garet Beyl hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo uelslik futbolchining o‘ylagani amalga oshmay qoldi. Shu tariqa "Real" safarda mag‘lubiyatga uchradi.

Ushbu natijadan so‘ng "Real" 61 ochko bilan musobaqa jadvalida hamon etakchi bo‘lib turibdi. Ammo ertaga "Barselona" o‘z maydonida "Rayo Valekano"dan ustun kela olsa, madridliklardan o‘zib ketish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda "Barselona" hisobida 59 ochko bor.

Ispaniya chempionati
26-tur
Atletik – Real Madrid 1:0

Gol: 1:0 – 26 Aduris.
Atletik – Iraysos, Iraola, Echeyta, Gurpegi, Balensiaga, Benyat, Riko, De Markos, Muniain (Susaeta, 64), Aduris, Uilyams (Fernandes, 75).
Real Madrid – Kasilyas, Karvaxal, Pepe, Varan, Marselo, Ilyarramendi (Xese, 71), Isko, Beyl, Kroos (Lukas Silva, 76), Benzema (Ernandes, 80), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kroos (30), Aduris (30), Echeyta (39), Ilyarramendi (41), Isko (74), Gurpegi (78), Marselo (86).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kichik sensasiya. «Real» safarda «Atletik»dan mag‘lubiyatga uchradi