11:39 / 07.09.2016
6 417

O‘zbekiston, Avstraliya va Saudiya Arabiston JCh-2018 tomon yana bir qadam tashlashdi

O‘zbekiston, Avstraliya va Saudiya Arabiston JCh-2018 tomon yana bir qadam tashlashdi

6 sentyabr kuni JCh-2018 saralashi doirasida Osiyo qit’asidagi bahslar davom etdi. A va V guruhlarida ikkinchi tur o‘yinlaridan keyin O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni va Avstraliya terma jamoalari yo‘qotishlarsiz borishmoqda.

«A» guruhida O‘zbekiston 6 ochko bilan yaqqol etakchi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-turni safarda Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

«A» guruhidagi dastlabki o‘yinda Xitoy terma jamoasi Eronni qabul qilgan, uchrashuvda hisob ochilmagandi. Neytral maydonda o‘tkazilgan Suriya — Janubiy Koreya bahsi ham 0:0 hisobidagi durang bilan tugagan.

O‘zbekistonlik futbolchilar JCh hal qiluvchi saralash bosqichini o‘z tarixida birinchi marta ketma-ket 2 g‘alaba bilan boshlashdi. 1-turda Samval Babayan qo‘li ostidagi jamoa Suriyani xuddi shunday hisobda mag‘lub etgandi.

Ayni vaqtda guruhda Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari 4tadan ochko bilan 2-3 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Xitoy va Suriyada bittadan ochko mavjud. Hali ochko olmagan Qatar oxirgi o‘rinda.

«V» guruhini esa Avstraliya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari boshqarmoqda. Avstraliya 2-turda Keyxillning goli evaziga BAAni, Saudiya Arabistoni esa o‘yinning oxirida 2 marta penaltidan gol urib Iroqni mag‘lub etdi. Tailandga safar qilgan Yaponiya 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu guruhda Saudiya va Avstraliyadan keyin 3 ochko to‘plagan holda Yaponiya va BAA joylashgan. Iroq va Tailand hali ochko olmadi.

Ma’lumot uchun, saralash bahslari yakuniga ko‘ra, guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar 2018 yili Rossiyada bo‘ladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi, 3-o‘rin egasi esa pley-off bahslarida qatnashadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston, Avstraliya va Saudiya Arabiston JCh-2018 tomon yana bir qadam tashlashdi