00:02 / 08.03.2015
5 391

«Bavariya» yana g‘alaba qozondi, «Borussiya» yana ochko yo‘qotdi

«Bavariya» yana g‘alaba qozondi, «Borussiya» yana ochko yo‘qotdi

Germaniya chempionati 24-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Biroz vaqt muqaddam navbatdagi uchrashuvlar yakuniga etdi.

Myunxenning "Bavariya" klubi safarda "Gannover" mehmoni bo‘ldi va 1:3 hisobida g‘alabaga erishdi. Garchi avvaliga Kiyotake mezbon jamoa foydasiga hisobni ochgan bo‘lsada, keyinchalik Xabi Alonsoning bir va Myullerning ikki goli evaziga "Bavariya" g‘olib chiqdi.

Dortmundning "Borussiya" klubi esa navbatdagi marta ochko yo‘qotdi. "Gamburg"ga qarshi safarda o‘ynagan Yurgen Klopp shogirdlari gol urishning uddasidan chiqa olmadilar. Ammo o‘z darvozalaridan ham gol o‘tkazib yubormasdan, bir ochkoga ega chiqdilar.

Bundesliga
24-tur
Shalke-04 – Xoffenxaym-1899 3:1 (2:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 12 Fuks, 2:0 – 41 Mayer, 3:0 – 53 Mayer, 3:1 – 73 Folland.
Shalke-04 – Vellenroyter, Ayxan, Xevedes, Nastasich, Fuks (Utida, 35), Mayer, Noyshtedter, Shupo-Moting, Xeger (Goretska, 56), Barnetta, Xuntelar (Matip, 84).
Xoffenxaym-1899 – Baumann, Bichakchich, Kim Chjin Su, Shvegler, Bek, Firmino, Shtrobl, Suber (Salai, 62), Polyanski (Amiri, 82), Folland, Modest (Abraam, 46).
Ogohlantirishlar: Shtrobl (11), Fuks (17).

Augsburg – Volfsburg 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 63 Kor.
Augsburg – Xits, Klavan, Kallsen-Brakker, Baba, Verner, Foylner, Oltinto‘p (Yanker, 90), Kor, Bayer, Chji Don Von (Kayubi, 61), Bobadilya (Jurjich, 82).
Volfsburg – Benalo, Knoxe, Rodriges (Shefer, 77), Naldo, Luis Gustavo, de Bryuyne, Vieyrinya, Kalidjuri, Gilavogi (Bendtner, 73), Shyurrle (Tresh, 59), Dost.
Ogohlantirishlar: Xits (12), Naldo (90).

Gannover 96 – Bavariya 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – 25 Kiyotake, 1:1 – 28 Xabi Alonso, 1:2 – 61, penalti Myuller, 1:3 – 72 Myuller.
Gannover 96 – Siler, Marselo, Albornoz, Shuls, Pereyra, Bitenkur, Sane, Kiyotake, Shmidebax (Ya Konan, 76), Brian (Prib, 68), Sobex (Xoselu, 58).
Bavariya – Noyer, Bernat, Alaba, Dante (Levandovski, 32), Boateng, Rafinya, Xabi Alonso (Shvaynshtayger, 68), Badshtuber, Getse (Riberi, 53), Robben, Myuller.
Ogohlantirishlar: Xabi Alonso (39), Bernat (64), Bitenkur (77), Riberi (82).

Frayburg – Verder 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 35 Di Santo.
Frayburg – Burki, Xen (Kempf, 46), Gyunter, Zorg, Krmas, Shuster (Frants, 53), Darida, Shmid, Klaus, Filipp (Shaxin, 85), Mexmedi.
Verder – Volf, Vestergor, Gebre Selassi, Predl, Garsiya, Yunuzovich (Kroos, 90), Oztunali (Makiadi, 68), Frits, Bartels, Bargfrede, Di Santo (Zelke, 84).
Ogohlantirishlar: Di Santo (17), Shuster (28), Frants (60).

Gamburg – Borussiya D 0:0 (0:0, 0:0)
Gamburg – Drobni, Djuru (Markush, 18), Kleber Reys, Vestermann, Dikmayer, Shteber, Myuller, Guaida (van der Vart, 82), Irachek, Bexrami (Kachar, 60), Olich.
Borussiya D – Vaydenfeller, Xummels, Subotich, Shmelser, Kagava (Kampl, 46), Mxitaryan (Blashchikovski, 76), Roys, Gyundogan, Obameyang (Immobile, 76), Kirx, Bender.
Ogohlantirishlar: Bexrami (31), Myuller (41), Mxitaryan (63), Dikmayer (67), Kleber Reys (73), Subotich (83), van der Vart (83).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Bavariya» yana g‘alaba qozondi, «Borussiya» yana ochko yo‘qotdi