11:49 / 07.09.2016
5 247

Braziliyalik muxlislar mashg‘ulot vaqtida Neymarga hujum qildi (Video)

Braziliyalik muxlislar mashg‘ulot vaqtida Neymarga hujum qildi (Video)

JCh–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida Kolumbiyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan Braziliya terma jamoasining ochiq mashg‘ulotlari vaqtida tomoshaga kelgan 15 ming muxlisdan bir guruhi maydonga yugurib chiqdi, deya xabar bermoqda Sports.uz portali.

Ulardan ikki nafari qo‘riqchilarni dog‘da qoldirib, terma jamoaning asosiy yulduzi Neymargacha etib kelishga muvaffaq bo‘ldi. Ular Neymarni qattiq quchoqlab, uni erga yiqitishdi.

Neymar muxlislarni ko‘nglini og‘ritishni istamadi va qo‘riqchilardan qoidabuzarlarga jismoniy kuch ishlatmaslikni so‘radi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Braziliyalik muxlislar mashg‘ulot vaqtida Neymarga hujum qildi (Video)