19:29 / 07.09.2016
6 203

Olimpiya va Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi

Olimpiya va Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi

2016 yil 7 sentyabr kuni Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya va Paralimpiya shaxarchasida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston sport delegasiyasi a’zolari, XV yozgi Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi va Rio-de-Janeyro shahri vakillari ishtirok etdi.

Olimpiya va Paralimpiya shaharchasi meri, basketbol bo‘yicha Braziliya termasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan Janet dos Santush Arkain xonim O‘zbekiston delegasiyasini Paralimpiadaga tashrifi bilan qarshilab, ularga bo‘lg‘usi musobaqalarda omad yor bo‘lishini tiladi.

O‘zbekiston delegasiyasi rahbari, O‘zbekiston Milliy paralimpiya assosiasiyasi raisi o‘rinbosari Umid Ahmadjonov Olimpiya va Paralimpiya shaharchasi meriga minnatdorchilik bildirib, unga delegasiya nomidan sovg‘alarni taqdim etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olimpiya va Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi