12:48 / 08.03.2015
5 945

Ronaldu Ispaniya chempionatining so‘nggi 8 o‘yinidan 4tasida darvoza tomon birorta aniq zarba berolmadi

Ronaldu Ispaniya chempionatining so‘nggi 8 o‘yinidan 4tasida darvoza tomon birorta aniq zarba berolmadi

Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati 26-turi doirasidagi “Atletik”ka (0:1) qarshi o‘yinda raqib darvozasi tomon birorta ham aniq zarba yo‘llay olmadi, deya xabar bermoqda Opta Sports.

Shunday qilib, Portugaliya terma jamoasi sardori Ispaniya chempionati doirasida o‘tkazilgan so‘nggi sakkiz uchrashuvning to‘rttasida raqiblar darvozasi tomon birorta ham aniq zarba yo‘llay olmadi.

Bungacha esa u mavsumning har bir uchrashuvida butun o‘yin davomida raqib darvozasi tomon kamida bitta aniq zarba yo‘llay olayotgandi.

Qayd etish joiz, Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 23 uchrashuvda maydonga tushib, 30ta gol urgan va 10ta samarali to‘p uzatishni amalga oshirgan.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Ispaniya chempionatining so‘nggi 8 o‘yinidan 4tasida darvoza tomon birorta aniq zarba berolmadi