FIFA tomonidan terma jamoalar uchun tuzib boradigan reytingida o‘zgarish bo‘ldi. Unga ko‘ra Argentina terma jamoasi etakchilik qilib turibdi. Ikkinchi o‘rinda Belgiya, uchinchi o‘rindan esa Kolumbiya terma jamoalari o‘rin olgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa bir pog‘ona yuqoriladi va 55-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Osiyo miqyosida vakillarimiz 4-o‘rinda borishmoqda. Qit’ada etakchilik hamon Eronga tegishli bo‘lib turibdi. Karlush Keyrush shogirdlari umumiy reytingda 39-o‘rinda borishmoqda. Keyingi pog‘ona 48-o‘rinni band qilgan Janubiy Koreya terma jamoasiga tegishli.
Osiyoda uchinchi o‘rinda 8 pog‘ona yuqorilashga muvaffaq bo‘lgan Yaponiya terma jamoasi bormoqda. Kunchiqar yurt vakillari umumiy reytingda 49-o‘rinni egallashgan.
Quyida terma jamoalar reytingi bilan tanishib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy uchun terma jamoalarning yakuniy reytingi 15 sentyabrdan so‘ng e’lon qilinadi.
Jahon
1. Argentina - 1585 ball
2. Belgiya - 1401
3. Kolumbiya - 1331
4. Germaniya - 1319
5. Chili - 1316
6. Portugaliya - 1266
7. Fransiya - 1189
8. Ispaniya - 1165
9. Braziliya - 1156
10. Italiya - 1155
Osiyo
39. Eron - 674
48. Janubiy Koreya - 609
49 Yaponiya - 595
55. O‘zbekiston - 560
57. Avstraliya - 549
61. Saudiya Arabiston - 540
74. BAA - 484
78. Xitoy - 445
79. Iordaniya - 437
80. Qatar - 425
Manba: www.fut.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi