13:19 / 08.09.2016
5 599

La Liga prezidenti Angliya va Ispaniya chempionatlarini taqqosladi

La Liga prezidenti Angliya va Ispaniya chempionatlarini taqqosladi

La Liga prezidenti Xaver Tebas xitoylik muxlislar Manchester derbisidan ko‘ra Ispaniya primerasining oddiy o‘yinini ko‘rishni afzal bilishi haqida aytib o‘tdi.

«Xitoyda «Selta» – «Atletiko» o‘yinini, «MYu» va «Man Siti» jamoalari o‘rtasidagi derbi bahsidan ko‘ra kattaroq qiziqish bilan kutishmoqda, chunki Ispaniyadagi o‘yinlar ochiqroq kechadi.

Dekabrdagi klassiko? O‘yin vaqtini 13.00 ga ko‘chirish kerakmi? Menimcha bu o‘yin soat 18.15 ga qo‘yilgani xato emas.

Iqtisodiy nuqtai nazardan qarasak «Real» va «Barselona» reytingning yuqori qismida ekanini ko‘ramiz», – degan Tebas Cadena Cope efirida.

10 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 ga «Selta» – «Atletiko» bahsi belgilangan. Xuddi shu vaqtdan yarim soat o‘tib Angliyada «Manchester Yunayted» – «Manchester Siti» jamoalari ishtirokidagi derbi bahsi boshlanadi.

Manba: Tribuna.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga prezidenti Angliya va Ispaniya chempionatlarini taqqosladi