19:31 / 08.03.2015
7 169

«Barselona» o‘z uyida «Rayo Valekano»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

«Barselona» o‘z uyida «Rayo Valekano»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida “Barselona” bilan “Rayo Valekano” klublari o‘rtasidagi o‘yin 6:1 hisob bilan kataloniyaliklarning foydasiga hal bo‘ldi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Luis Suares raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. 2-bo‘limning ilk daqiqalarida, ya’ni 49-daqiqada Pike jamoasining 2-to‘pini kiritib, “Barsa”ning raqibdan yanada olg‘alab ketishiga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng to‘p urish navbatini Messi o‘z zimmasiga oldi. U 56-daqiqada 11 metrlik jarima to‘pini amalga oshirib, jamoasining uchinchi to‘piga mualliflik qildi. Messi , 63 va 68-daqiqalarda yana ikki marta raqibni o‘z darvozasidan to‘pni olib chiqishga majbur qildi va xet-trik sohibiga aylandi.
81-daqiqada Dani Alves o‘z jarima maydonida raqib jamoa o‘yinchisini qo‘pol ravishda to‘xtatgani sababli to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi va “Rayo Valekano” vakili Bueno 11-metrlik jarima nuqtasidan bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning qo‘shib berilgan vaqtida Suares o‘zining ikkinchi golini urib, o‘yinga yakuniy nuqta qo‘ydi.

“Barselona” yirik g‘alabani qo‘lga kiritib, musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Barselona – Rayo Valekano 6:1
Gollar: 1:0 – 5 Suares, 2:0 – 49 Pike, 3:0 – 56, penalti Messi, 4:0 – 63 Messi, 5:0 – 68 Messi, 5:1 – 81, penalti Bueno, 6:1 – 90 Suares.
Barselona – Bravo, Dani Alves, Pike, Alba (Adriano, 69), Mate, Xavi, Maskerano (Rakitich, 60), Pedro, Inesta (Rafinya, 65), Messi, Suares.
Rayo Valekano – Alvares, Tito, Ba, Amayya, Insua, Trashorras, Xosabed (Marin, 65), Bueno, Lika (Akino, 69), Kakuta, Baptistao (Manushu, 81).
Ogohlantirishlar: Tito (27), Maskerano (29), Trashorras (56), Alba (57).
Maydondan chetlatish: Tito (54), Dani Alves (80).

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» o‘z uyida «Rayo Valekano»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi