19:42 / 08.03.2015
8 170

Messi Ispaniya La Ligasining to‘purarlar ro‘yhatida Ronalduga etib oldi

Messi Ispaniya La Ligasining to‘purarlar ro‘yhatida Ronalduga etib oldi

Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida “Barselona” bilan “Rayo Valekano” klublari o‘rtasidagi o‘yin 6:1 hisob bilan kataloniyaliklarning foydasiga hal bo‘ldi.

Messi 56-daqiqada 11 metrlik jarima to‘pini amalga oshirib, jamoasining uchinchi to‘piga mualliflik qildi. Leonel , 63 va 68-daqiqalarda yana ikki marta raqibni o‘z darvozasidan to‘pni olib chiqishga majbur qildi va xet-trik sohibiga aylandi.

Messi Ispaniya chempionatining to‘purarlari borasida birinchi o‘rinda ketayotgan Ronalduga etib oldi, endilikda ularning har ikkalasining ham hisobida 30 ta dan gol bor.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi Ispaniya La Ligasining to‘purarlar ro‘yhatida Ronalduga etib oldi