19:46 / 08.03.2015
5 808

Samvel Babayan: Futbolchilarim nima sababdan darvozaga zarba yo‘llamagani men uchun ham jumboq

Samvel Babayan: Futbolchilarim nima sababdan darvozaga zarba yo‘llamagani men uchun ham jumboq

O‘zbekiston Superkubogi uchun kechgan “Paxtakor” – “Lokomotiv” klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “sherlar” bosh murabbiyi, 2014 yildagi O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deya e’tirof etilgan Samvel Babayan qatnashdi.

U bugungi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, jumladan shunday dedi:

Samvel Babayan (“Paxtakor”): Bugungi mag‘lubiyatda hamma aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Jamoa a’zolari g‘alaba qozonish uchun harakat qilishdi. Ammo bunga erisha olmadik.

Bugungi mag‘lubiyatga to‘rt marta 1:0 yutqazgandan, bir marta 4:0ga yutqazgan ma’qul, qabilida qarash lozim. Futbolchilarim nima sababdan darvoza tomon zarba yo‘llamagani men uchun ham jumboq”.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: Futbolchilarim nima sababdan darvozaga zarba yo‘llamagani men uchun ham jumboq