Shotlandiyalik darvozabon 1 bo‘lim davomida 3 marta penalti qaytardi

  • 11 sentyabr 2016, 18:34
  • 3 992
  • Sport
  • Shotlandiyalik darvozabon 1 bo‘lim davomida 3 marta penalti qaytardi

    «Dandi Yunayted» jamoasi darvozaboni Kemmi Bell Shotlandiya chempionshipi doirasida «Danfermlayn» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda 23 daqiqa ichida 3 marta o‘z darvozasiga yo‘llangan penalti zarbalarini qaytardi.

    9-daqiqada Bell Gevin Raylining, 27-daqiqada Niki Klarkning, 5 daqiqa o‘tib esa Pol Makmallanning zarbalarini bartaraf etgan.

    Natijada «Dandi Yunayted» ushbu uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

    Shotlandiya ikkinchi divizioni hisoblanadigan ushbu chempionatning 5 turidan keyin «Dandi» 8 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. O‘tgan mavsum yakuniga jamoa Shotlandiya Premer-ligasidan tushib ketgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shotlandiyalik darvozabon 1 bo‘lim davomida 3 marta penalti qaytardi