12:17 / 13.09.2016
6 185

Rio Paralimpiyasi: O‘zbekiston 9-o‘rinda bormoqda

Rio Paralimpiyasi: O‘zbekiston 9-o‘rinda bormoqda

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining suzish bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Firdavs Musabekov va Fotima Omilova terma jamoamiz hisobiga yana ikkita oltin medalni keltirdi.

Erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga brass usulda suzish bo‘yicha kuch sinashgan Firdavs Musabekov 1 daqiqa 04.94 soniya natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu yo‘nalishdagi xotin-qizlar bahsida iste’dodli sportchimiz Fotima Omilova ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U 100 metr masofani 1 daqiqa 12.45 soniyada bosib o‘tib, jahon rekordini yangiladi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Kecha, 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan bahslarda 400 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha Dmitriy Xorlin, 100 metrga estafeta bahslarida esa Miran Saxatov, Mansur Abdurashidov, Doniyor Soliev, Faxriddin Hamroyev kabi sportchilar ishtirok etdi.

Erkaklar o‘rtasida 400 metrga erkin usulda suzish bahslarining final bosqichida ishtirok etgan Dmitriy Xorlin 4:06. 63 daqiqalik natijani qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Pauerlifting bo‘yicha -80 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida ishtirok etgan Ahror Bozorov 207 kilogrammli toshni ko‘tarib, musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi hisobida 6ta oltin, 4ta kumush va 13ta bronza medali bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rio Paralimpiyasi: O‘zbekiston 9-o‘rinda bormoqda