14:54 / 14.09.2016
5 159

Aleksandr Geynrix Qozog‘istonda mavsumni qanday o‘tkazmoqda

Aleksandr Geynrix Qozog‘istonda mavsumni qanday o‘tkazmoqda

So‘ngi paytlarda O‘zbekiston terma jamoasining "sehrli tayoqchasi"ga aylanib borayotgan Aleksandr Geynrix Qozog‘iston chempionatida ham ancha muvaffaqiyatli to‘p surmoqda.

Biz Sashaning qozoq diyoridagi faoliyatiga nazar solib o‘tmoqchimiz.

Geynrix "Ordabasi" tarkibida ushbu mavsumda Qozg‘iston chempionatida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ana shu o‘yinlarning 9 tasida asosiy tarkibda, 5 tasida esa zaxiradan maydonga tushgan.

Murabbiylar Sashani 8 ta o‘yinda zaxira o‘yinchisiga almashtirishgan.

32 yoshli hujumchi mavsum davomida hozircha o‘z hisobiga 6 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

13-avgust kuni safarda "Aktobe" bilan o‘yinda u "xet-trik"ka erishdi. 57 va 77-daqiqalarda penaltidan unumli foydalangan hujumchi, jamoasini 3:2 hisobida oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 90+5-daqiqada jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoluvchi golga mualliflik qildi. Ushbu o‘yin 4:4 hisobidagi jangovar durang bilan o‘z nihoyasiga etdi.
26-avgustda "Qayrat" bilan o‘yinda u 47-daqiqada hisobni ochgan va jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shgan.

11-sentyabr kuni esa Sasha safarda "Irtish" darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi. 41-daqiqada hisobni ochgan hujumchi, 45+3-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasidan so‘ng hisobni 0:2 ga etkazgan. O‘sha kuni "Ordabasi" muhim 3 ochko bilan ortga qaytdi.

E’tiborli jihati, Aleksandr gol urgan o‘yinlarda, "Ordabasi" yutqazmagan. U 3 marta penalti tepgani esa, jamoada o‘ziga yarasha obro‘si borligidan dalolat beradi.

Aleksandr hozircha 1 marta hakamlar tomonidan ogohlantirildi.

"Aktobe" bilan o‘yinning 55-daqiqasida hakam uni sariq kartochka bilan siylagan.

Qozog‘iston kubogi musobaqalarida esa u ikkita uchrashuvda maydonga tushgan.

Evropa ligasi saralash o‘yinlarida "Ordabasi" "Chukarichku"ga imkoniyatni boy berib, saralash bosqichidan o‘ta olmagan.

U "Chukarichki" bilan o‘yinning 45+2 daqiqasida gol kiritgan. Mazkur bahsda "Ordabasi" o‘z maydonida 0:3 hisobida yutqazayotagn edi. Aynan Geynrixning golidan so‘ng mezbonlar o‘zlarini tiklab olib, yakunda hisobni ham tenglashtirishgandi. Biroq javob o‘yinida Sashaning jamoasi 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib musobaqa bilan xayrlashgan.

Geynrix ushbu mavsumda Qozoq klubi libosida jami 18 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 7 ta gol yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. 32 yoshli hujumchi uchun yaxshi natija!

Furqat Yusupov tayyorladi

Manba: sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Geynrix Qozog‘istonda mavsumni qanday o‘tkazmoqda