08:52 / 23.09.2016
5 780

Afrikaning eng boy kishisi «Arsenal»ni sotib olmoqchi

Afrikaning eng boy kishisi «Arsenal»ni sotib olmoqchi

Afrika qit’asining eng badavlat kishisi Aliko Dangote yaqin 4 yil ichida Londonning «Arsenal» jamoasining xo‘jayiniga aylanmoqchi. Bu haqda u Bloomberg agentligiga bergan intervyusi chog‘ida aytib o‘tgan.

«Men «Arsenal»ni shunchaki sotib olmoqchi emasman, jamoani sotib olib, yanada rivojlantirmoqchiman. Men o‘z biznesimni yaxshi yo‘lga qo‘yganman va o‘ylaymanki futbol jamoasini ham muvaffaqiyat bilan boshqara olaman», degan nigeriyalik milliarder.

Dangote Angliyada klub sotib olish rejasi haqida ilk marta o‘tgan yilda aytib o‘tgandi. U o‘z niyatiga erishsa, Angliya premer-ligasida jamoaga ega bo‘lgan ilk afrikalikka aylanadi.

2016 yilning fevralida London jamoasi aksionerlaridan biri bo‘lgan eronlik Farhod Moshiri «Arsenal»dagi ulushini Alisher Usmonovga sotdi va rossiyalik tadbirkorning ulushi 30,04 foizga etdi. Jamoaning aksiyalari paketiga (67,05 foiz) amerikalik Sten Kronke egalik qiladi.

Manba: Tribuna.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Afrikaning eng boy kishisi «Arsenal»ni sotib olmoqchi