Shanba kunining eng chiroyli gollari xit-paradi

  • 25 sentyabr 2016, 18:49
  • 4 450
  • Sport
  • Shanba kunining eng chiroyli gollari xit-paradi

    Shanba kuni Evropa chempionatida o‘tkazilgan uchrashuvlarda urilgan eng chiroyli gollar saralandi. Xususan, "MYu" futbolchilarining kombinasion goli, "Lester"ning javob goli hamda O‘zil va Sanchesning bir-birini tushunish bo‘yicha ko‘rsatib bergan "mahorat darsi".

    Xuan Mata, «Manchester Yunayted»

    («Manchester Yunayted» — «Lester» — 4:1, 37-daqiqa – 2:0)
    Yoki «Manchester Yunayted» kichik inqirozdan chiqdi, yoki «Lester» ayni vaqtda raqobatbardosh jamoa emas, ammo «Old Trafford»da shu kuni faqat bir jamoa o‘ynadi: «qizil iblislar» «tulkilar» darvozasini 4 marta ishg‘ol qilishdi, gollardan 3tasi burchakdan to‘pni o‘yinga kiritish orqali. Faqat birgina gol bundan mustasno. Xuan Mata hisobiga yozilgan gol Pogba va Lingard hamkorligida "uchtalik" o‘ynash orqali yuzaga keldi.

    Demaray Grey

    («Manchester Yunayted» — «Lester» — 4:1, 60-daqiqa – 4:1)
    «Lester» bu uchrashuvda uddalay olgan yagona ish — Demaray Greyning qanotdan oshirilgan to‘pni darvozaning yuqori "to‘qqiztaligi"ga yo‘llash orqali javob golini urishi bo‘ldi.

    Mesut O‘zil, «Arsenal»
    [media=https://youtu.be/L_vCGBbycHI]
    («Arsenal» — «Chelsi» — 3:0, 40-daqiqa – 3:0)
    Shu kuni ko‘k libosda o‘ynagan yana bir jamoa maydondan bosh egib chiqdi. «Arsenal» o‘yinning boshidan oxirigacha «Chelsi»ni himoyaga qamadi. Ayniqsa, «kanonirlar»ning uchinchi goli uchrashuv bezagi bo‘ldi — Sanches va O‘zil o‘zaro tushunishning a’lo namunasini ko‘rsatib berishdi.

    Fyodor Smolov, «Krasnodar»
    [media=https://youtu.be/AYGnL-3GETY]
    (SSKA — «Krasnodar» — 1:1, 15-daqiqa – 1:1)
    Fyodor Smolov to‘purarlik salohiyatini namoyish etishda davom etmoqda. SSKA bilan o‘yinda «Krasnodar» hujumchisi to‘p uchun kurashda Sergey Ignashevichdan ustun kelib, to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi. Endilikda Fyodor hisobida chempionatning 8 turidan keyin 8 gol bor.

    Rahim Sterling, «Manchester Siti»
    [media=https://youtu.be/Jv6k9rs8NOA]
    («Suonsi» — «Manchester Siti» — 1:3, 77-daqiqa – 1:3)
    «Man Siti» g‘alabali seriyani davom ettirmoqda. «Shaharliklar»ning yo‘lidan bu safar «Suonsi» chiqib qoldi. Rahim Sterling saviya borasidagi farqni yaqqol namoyish etib berdi, u o‘z fintlari bilan raqib himoyasii buzib tashlab darvozani ishg‘ol etdi.

    Adam Lallana, «Liverpul»
    [media=https://youtu.be/2otw0AwSTxU]
    («Liverpul» — «Hall Siti» — 4:1, 17-daqiqa – 1:0)
    «Liverpul» futbolchisi Adam Lallana o‘z mahoratini namoyish etib, «Hall»ga qarshi o‘yinda hisobni ochdi.

    Filipe Koutino, «Liverpul»
    [media=https://youtu.be/_i_vdKJHeSM]
    («Liverpul» — «Hall Siti» — 4:1, 52-daqiqa – 4:1)
    Filipe Koutino o‘yindagi yakuniy natijani raqib jarima maydonchasidan tashqaridan berilgan o‘ziga xos zarbasi bilan o‘rnatdi.

    Manba: Kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shanba kunining eng chiroyli gollari xit-paradi