14:16 / 29.09.2016
7 088

O‘zbekiston terma jamoasi Eron va Xitoyga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshladi

O‘zbekiston terma jamoasi Eron va Xitoyga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshladi

Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eron hamda Xitoy terma jamoalariga qarshi rasmiy o‘yinlar oldidan o‘zining navbatdagi yig‘inini boshladi. Bu haqda "Kun" sayti xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 6 hamda 11 oktyabr kunlari JCh-2018 3-saralash bosqichida navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamosi dastlab, 6 oktyabr kuni Toshkentda Eronni qabul qilsa, 11 oktyabr kuni Toshkentda Xitoy bilan o‘ynaydi.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bugun boshlangan yig‘inga jami 25 nafar futbolchini jalb etgan. Bu safargi tarkibdan avvalgi o‘yinlarda terma jamoaga chaqirilmagan "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov ham o‘rin olgan. Terma jamoa bosh murabbiyi Eron va Xitoyga qarshi o‘yinlar uchun yakuniy tarkibni Toshkent yig‘ini yakunida e’lon qiladi.

O‘zbekiston terma jamoasining Toshkentdagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”), Egor Krimes (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay”, Xitoy), Stanislav Andreev (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Aziz Haydarov (“Ash Shabob”, BAA), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Salamat Qutiboyev (“Buxoro”), Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog‘iston).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi Eron va Xitoyga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshladi