03:35 / 02.10.2016
5 848

Futzal. JCh-2016. Argentina Jahon chempioni

Futzal. JCh-2016. Argentina Jahon chempioni

Finalda Rossiya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Dramatik va gollarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda Argentinaning qo‘li baland keldi - 5:4. Shu tariqa, muxlislar futzalda yangi Jahon chempioni nomini bilib olishdi. Sababi, shu kunga qadar o‘tkazilgan ettita mundialning beshtasida Braziliya, ikkitasida esa Ispaniya terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

JCh-2016
Final
02.10.2016, 00:30
Kali, "Kolizeo el Pueblo"
Rossiya - Argentina 4:5

Bosh hakam: Fernando Lumbreras (Ispaniya)
Ikkinchi hakam: Daniel Rodriges (Urugvay)
Uchinchi hakam: Nurdin Bukuev (Qirg‘iziston)
Vaqtga mas’ul: Hamis Hassan Al Shamsi (BAA)
Gollar: E.Lima 16, 22, 40 (dabl pen.), D.Liskov 39 - A.Vaporaki 16, L.Kuzzolino 20 (dabl pen.), A.Brandi 22, 23, K.Vaporaki 39
Amalga oshirilmagan dabl penalti: L.Kuzzolino 35

Rossiya (birinchi beshlik): Gustavo, Ivan Chishkala, Eder Lima, Robino, Danil Davidov.
Zaxira: Georgiy Zamtaradze, Sergey Vikulov, Vladislav Shayaxmetov, Dmitriy Liskov, Ivan Milovanov, Sergey Abramov, Artem Niyazov, Sergey Abramovich.

Argentina (birinchi beshlik): Nikolas Sarmiento, Fernando Vilgelm, Kristian Borruto, Alan Brandi, Pablo Taborda.
Zaxira: Matias Kuevedo, Guido Mosenson, Damian Stazzone, Alamiro Vaporaki, Xerardo Battistoni, Maksimiliano Reskiya, Leandro Kuzzolino, Santiago Bazile, Konstantino Vaporaki.
Ogohlantirishlar: S.Abramovich 20, Robino 34, G.Zamtaradze 35 - N.Sarmiento 10, A.Brandi 20, S.Bazile 30, A.Vaporaki 32

Manba : Championat.asia

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal. JCh-2016. Argentina Jahon chempioni