11:34 / 11.03.2015
5 795

Karim Benzema EChLda gol urish bo‘yicha Del Perodan o‘zib ketdi

Karim Benzema EChLda gol urish bo‘yicha Del Perodan o‘zib ketdi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema "Shalke"ga qarshi kechgan EChL o‘yinida gol kiritdi va o‘ziga hos natijaga erishdi.

Bu goldan so‘ng Benzemaning Chempionlar ligasidagi gollari soni 42 taga etdi va bu borada kuchli o‘nlikka kirdi. Karim Benzema EChL to‘purarligi borasida "Yuventus" hujumchisi Alessandro Del Perodan o‘tib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bo‘lib turibdi. Ularning hisobida 75 tadan gol bor.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karim Benzema EChLda gol urish bo‘yicha Del Perodan o‘zib ketdi