11:41 / 11.03.2015
7 890

Evropa Chempionlar ligasi. Bugun «Chelsi» - PSJ hamda «Bavariya» - «Shaxtyor uchrashuvlari bo‘ladi

Evropa Chempionlar ligasi. Bugun «Chelsi» - PSJ hamda «Bavariya» - «Shaxtyor uchrashuvlari bo‘ladi

Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining 1/8 final javob uchrashuvlaridan o‘rin olgan o‘yinlar bugun ham davom ettiriladi. Chorshanba oqshomiga ikkita bahs belgilangan.

Ularning biri Germaniyaning Myunxen shahrida - mahalliy "Bavariya" hamda "Shaxtyor" klublari o‘rtasida kechadi. Dastlabki o‘yindagi nursiz durang hisobi bugungi o‘yinni shiddatini ta’minlab beradi. Zero, Germaniya grandi ko‘plab gollar urishning uddasidan chiqa oladigan jamoa hisoblanadi.

Ikkinchi o‘yin Angliya poytaxti London shahrida kechadi. Unda "Chelsi" jamoasi Parijning "PSJ" klubini qabul qiladi.

Yaxshi bilasiz, mazkur klublar birinchi uchrashuvda 1:1 hisobini qayd etishgandi. Bugungi o‘yin ko‘p narsalaraga oydinlik kiritib beradi. Aslida, "Chelsi"ni 0:0 hisobi ham qoniqtiradi. Ammo, parijliklar bunga ko‘nisharmikan?

Xullas, bu savollarga javobni kechroq bilib olamiz.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 00.45 da boshlanadi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Evropa Chempionlar ligasi. Bugun «Chelsi» - PSJ hamda «Bavariya» - «Shaxtyor uchrashuvlari bo‘ladi