O‘zbekiston Eronga mag‘lub bo‘ldi. To‘g‘risini aytganda futbolchilarimizning so‘nggi Qatarga qarshi kechgan o‘yinini ko‘rib, Eron bilan uchrashuvda yutqazib qo‘yishini ko‘pchilik taxmin qilgandi. Ha, Qatarni mag‘lub etdik lekin, bu bizning yutug‘imiz emas, ko‘proq Qatar terma jamoasining bo‘shligi edi. Bugungi o‘yinni taxlil qilishningda hojati yo‘q.Futbol tilida tahlil qilishga arzigulik o‘yin bo‘lmadi. Chapanasiga aytib qo‘ygan ma’qul — futbolchilarimizga paxta terdirish kerak. Futbolchilarimizda tezlik etishmaydi. Sodda qilib aytganda qo‘shnimizning kelini terma jamoa futbolchilaridan chaqqonroq.
Qachongacha huddi 9-sinf bolasi 1-sinf bolasi ustidan g‘alaba qozonganidek bo‘sh jamoalar ustidan g‘alaba qozonib, zo‘r jamoamiz deb, o‘zimizni aldab yuramiz? Mana, kechagina sal bo‘ladiganroq jamoa darvozasiga bir dona ham gol kirita olmadik-ku?
Kechagi o‘yin natijasi avvalgi o‘yinlarda tasodifan, raqibning bo‘shligi oqibatida qo‘lga kiritilgan g‘alabalar ekanligini bildirib qo‘ydi. Futbolchilarimizdan birdamlik, tezlik va vatanparvarlik va fidoiylikni kutib qolamiz. Sizga 32 million aholi mo‘ltirab ko‘z tikib turipti. Bizga g‘alaba kerak!
Abdurahmon
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi