13:37 / 10.10.2016
5 333

Pike Ispaniya termasidan ketmoqchiligini aytdi

Pike Ispaniya termasidan ketmoqchiligini aytdi

Bugun, 10 oktyabr kuni Ispaniyaning Albaniya ustidan qilgan 2:0 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng, Pike 2018 yilda Rossiyada o‘tkaziladigan Jahon chempionatidagi mezbon davlat ustidan mutlaq g‘oliblikdan keyin Ispaniyadagi termasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Bu haqda “Qalampir.uz” yozmoqda.

“Rossiyadagi o‘tkaziladigan Jahon chempionatidagi o‘yin – men uchun Ispaniya terma jamoasidagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi. Men bu haqda juda ko‘p o‘yladim va o‘zim uchun juda qiyin kechgan qarorga keldim”, deydi Pike OAVga bergan intervyusida.

29 yoshli “Barselona” futbolchisi 2009 yildan buyon Ispaniya terma jamoasi uchun maydonga tushmoqda. Uning hisobida 85ta match bo‘lib, milliy jamoa tarkibida u 5 marta gol urgan. Ayni jamoa bilan birgalikda Pike JCh-2010 hamda Evro-2012da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pike Ispaniya termasidan ketmoqchiligini aytdi