Denis Istomin Tashkent Challenger—2016 ning juftlik bellashuvlarida finalga yo‘l oldi

  • 14 oktyabr 2016, 17:20
  • 4 052
  • Sport
  • Denis Istomin Tashkent Challenger—2016 ning juftlik bellashuvlarida finalga yo‘l oldi

    Mukofot jamg‘armasi 125 ming AQSh dollarini tashkil qiladigan Tashkent Challenger—2016 o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. Uning amaldagi g‘olibi — o‘zbekistonlik Denis Istomin juftlik bellashuvlarida finalga yo‘llanma oldi, deb yozdi “Olamsport”.

    Rossiyalik Mixail Elgin bilan juftlik hosil qilgan Istomin, yarim finalda Belarus va Shvesiyadan tashrif buyurgan tennischilarni ortda qoldirdi.

    Juftlik bellashuvlarining ikkinchi yarim finalida Jo‘rabek Karimov hamda Sanjar Fayziev Andre Begamann va Leander Paesdan yengildi.

    Avvalroq Denis Istomin yakkalik bellashuvlarida yarim final chiptasini qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Denis Istomin Tashkent Challenger—2016 ning juftlik bellashuvlarida finalga yo‘l oldi