23:02 / 11.03.2015
5 350

«Lokomotiv» rasmiy murojaat bilan vaziyatga oydinlik kiritadi

«Lokomotiv» rasmiy murojaat bilan vaziyatga oydinlik kiritadi

8 mart kuni O‘zbekiston Supekubogini qo‘lga kiritgan “Lokomotiv” futbol klubi, o‘z sha’niga maqtov va quvvatlovlarni eshitish bilan birga, nomaqbul e’tirozlarni ham qabul qilishiga to‘g‘ri keldi.

Xolislik prinsiplarini unuta yozgan ayrim matbuot va televidenie xodimlari vaziyatga bir tomonlama qarab, jamoaning “Paxtakor” ustidan qozongan yorqin g‘alabasi bekor qilinib, texnik mag‘lubiyat yozilishini targ‘ib qilishmoqda.

Asosiy sabab sifatida, Jasur Xasanovning (katta) Superkubok uyini paytida maydonga tushirilgani ko‘rsatilib, go‘yoki Lokomotiv PFL qoidalarga zid ish tutgandey bo‘lib, matbuot va TV dasturlari orqali tanqid ostiga olindi.

Klub rahbariyati va mutasaddilari vaziyatni o‘rganib, quyidagi murojaat bilan chiqishga qaror qilishdi. Jasur Xasanov (katta) o‘tgan yili O‘zbekiston Kubogi final bahsida qizil kartochka bilan jazolanib, bir rasmiy o‘yindan chetlatilgan. PFL reglamentiga ko‘ra, Kubok o‘yinlarida jazolangan futbolchining, jazo muddati faqat Kubok va Chempionat o‘yinlariga ta’sir qiladi. Bu degani Xasanovning Superkubok o‘yiniga maydonga tushirilgani PFL qonun – qoidalariga zinhor zid emas va hech qanday e’tirozlarga sabab bo‘la olmaydi. Supekubok o‘yinlari katta shou sifatida o‘tkazilib, muxlislarning futbolga bo‘lgan qiziqishini yanada ortirishga qaratilgan.

Bundan tashqari agar o‘yinchi jazoga tortilgan bo‘lsa, bu haqda PFL rahbariyati va ma’murlari xabardor bo‘lishadi va tarkib belgilangan paytda, ogohlantirishi bor futbolchilar haqida klub rasmiylariga ma’lumotnoma yuborishadi. Ta’kidlash joizki, bu kabi ogohlantirish xati, “Lokomotiv” klubiga kelib tushmagan. Bundan tashqari “Lokomotiv” futbol klubi murabbiylar shtabi Superkubok o‘tkazilishidan 2-3 kun avval, PFL-ga murojaat qilib, barcha o‘yinchilar ro‘yxatini reglament qoidalari asosida tasdiqlatib, Xasanov borasida ham oydinlik kiritishgan. Umum xulosalardan kelib chiqib, Jasur Xasanovning Superkubok bahsida ishtirok etishi, Federasiya qoidalari va PFL reglamentiga zid emasligi aniqlangan va masalaning e’tirozli jihatlariga yakun qo‘yilgan.

Qo‘shimcha o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, raqib jamoasi rahbariyati va murabbiyi ruxsati bilan o‘yinchilar tarkibga kiritilmaydi va tarkibdan olinmaydi ham, buning uchun, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va uning qoshida ish yuritayotgan Professional Futbol Ligasi mutasaddilari mavjud.

“Lokomotiv” futbol klubi o‘z muxlislarini ertaga, 12 mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Chempionatining birinch turidan joy olgan Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘yinda kutib qoladi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» rasmiy murojaat bilan vaziyatga oydinlik kiritadi