23:40 / 17.10.2016
6 021

«Barselona» Neymar bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi

«Barselona» Neymar bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi

«Barselona» braziliyalik hujumchisi Neymar bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.

Kelishuv 5 yilga mo‘ljallanadi. Tomonlar bu shartnomani 21 oktyabr, juma kuni imzolaydi. Kelishuvning moliyaviy jihatlari oshkor etilmagan.

Bugun «Barselona» argentinalik himoyachisi Haver Maskerano bilan shartnomani 2019 yilning yoziga qadar uzaytirdi.

Braziliyalik futbolchi «Barselona» safida 2013 yildan buyon o‘ynamoqda. Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi ko‘k-anorranglilar jamoasi safida 8 uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol urgan. U Rio-de-Janeyroda o‘tgan 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida Braziliya olimpiya terma jamoasi bilan oltin medallarga ega chiqqandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Neymar bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi