14:30 / 12.03.2015
6 246

O‘zbekiston MTJ FIFAning yangi reytingida 1 pog‘ona pastladi

O‘zbekiston MTJ FIFAning yangi reytingida 1 pog‘ona pastladi

FIFA bugun milliy terma jamoalarning mart oyi uchun yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-pog‘ona pastlab, 72-o‘rindan joy oldi. Terma jamoamiz ochkolari soni 483ta.

Osiyoda esa terma jamoamiz Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va BAA termalaridan keyin 6-o‘rinda bormoqda.
Aprel oyida Jahon chempionati – 2018 musobaqasining 2-saralash bosqichiga qur’a tashlanishini inobatga oladigan bo‘lsak, bu oyda reytingda pastlashimiz bizga salbiy ta’sir qilishi aniq.

FIFA reytingini hamon Germaniya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘rinda Argentina, 3-o‘rinda esa Kolumbiya terma jamoalari joylashishgan. Italiya terma jamoasi yana kuchli o‘nlikka kirganini alohida ta’kidlash kerak. Ispaniya terma jamoasi esa uzoq muddatdan keyin kuchli o‘nlikdan chiqib ketdi.

1.Germaniya
2.Argentina
3.Kolumbiya
4.Belgiya
5.Gollandiya
6.Braziliya
7.Portugaliya
8.Fransiya
9.Urugvay
10.Italiya
11.Ispaniya
42.Eron
53.Yaponiya
56.Janubiy Koreya
65.Avstraliya
69.BAA
71.Bolgariya
72.O‘zbekiston
72.Venesuela
74.Uganda

FIFAning to‘liq reytingi bilan mana bu havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ FIFAning yangi reytingida 1 pog‘ona pastladi