Bugun poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasida davom shaxmat bo‘yicha nufuzli musobaqa – Shaxmat Yulduzlari turniri yakunlandi.
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu super turnirda ozarbayjonlik Shaxriyar Mamadiyarov bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.
U 12 imkoniyatdan 8 ochko to‘plab, bosh mukofot hamda 20 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasiga ham ega bo‘ldi. Bugun musobaqaning so‘nggi kuni Mamadiyarov bir g‘alaba va ikki durang natija qayd etdi.
Isroillik Boris Gelfand esa 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Bugun Gelfand 2-o‘rin sohibini aniqlab bergan uchrashuvda hamyurtimiz 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonovni mag‘lubiyatga uchrata oldi.
Qosimjonov va ukrainalik Ruslan Ponomarev musobaqada 5 ochkodan jamg‘arib, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni bo‘lishib olishdi.
BUGUNGI UChRAShUVLAR NATIJASI:
Ponomarev - Qosimjonov - 0,5:0,5
Gelfand - Mamadiyarov - 0,5:0,5
Ponomarev - Gelfand - 1:0
Qosimjonov - Mamadiyarov - 0,5:0,5
Ponomarev - Mamadiyarov - 0,5:0,5
Gelfand - Qosimjonov - 1:0
TURNIR JADVALIDAGI YaKUNIY HOLAT:
Shaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon) - 8 ochko
Boris Gelfand (Isroil) - 6 ochko
RUSTAM QOSIMJONOV (O‘zbekiston) - 5 ochko
Ruslan Ponomarev (Ukraina) - 5 ochko
Shaxmat Yulduzlari turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi 50 ming Amerika Qo‘shma Shtatlari dollarini tashkil etgandi. Shaxriyar Mamadiyarov g‘olib sifatida 20 ming dollarga ega bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi