14:30 / 25.10.2016
7 275

APL futboliga moslashib ketgan futbolchilar xaqida

APL futboliga moslashib ketgan futbolchilar xaqida

Angliya Premer-ligasi dunyoning eng kuchli chempionatlarida biri ekani hech kimga sir emas. Quyida yozda APLga kelgan va jamoada o‘z o‘rnini topib ketgan futbolchilar haqida so‘z yuritmoqchimiz.

Stiv Mandanda ("Kristal Pelas")

Bu darvozabon Fransiya futbolida toblangan. U "Marsel"da ajoyib o‘yinlari bilan ko‘plab klublarning qiziqishiga sabab bo‘lgandi. Uni yozda bir qator jamoalar sotib olishni istagandi. Ular orasida "Kristal Pelas" jiddiy kelishuvga erishdi. Mandanda kelganida u zaxirada qolib ketishi taxmin qilingandi. Chunki "burgutlar" safida Xennessi asosiy tarkibni hech kimga bermayotgandi. Biroq Stiv bitta o‘yini orqali asosiy tarkibni o‘ziniki qilib oldi.

Joel Matip ("Liverpul")

Bu himoyachi ham Kloppning talablariga to‘liq javob bermoqda. U ajoyib o‘yinlari bilan muxlislarning ham mehrini qozondi. Matip tezkor, o‘yinni yaxshi ko‘ra oladigan, raqiblarning hujumlarini vaqtida to‘xtata olishi bilan Kloppning ishonchiga kirdi. Ayni paytda u jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi.

Zlatan Ibragimovich ("Manchester Yunayted")

Zlatan qaysi jamoada o‘ynashidan qat’iy nazar, muhitga tez moslasha oladi. To‘g‘ri, uning "Barselona"da ishlari yurishmagan. Biroq qolgan jamoalarda ham doimo gollari bilan foyda keltirgan. "Manchester Yunayted"ga kelgani zahoti u gollarni birin-ketin kiritishda davom etmoqda. Joze yoshi biroz kattarib qolganiga qaramay, Ibragimovichga ishonch bildirib, to‘g‘ri qilganini ko‘pchilik endi tushinib etdi.

Islam Slimani ("Lester")

Slimani "Lester"da avval "Portu"da ajoyib o‘yinlar namoyish qilgan. Shu sababli unga "Lester" jiddiy qiziqish bildirdi. Buni qarangki, u APLga yo‘l olganidan keyin, bu erning muhitiga tez moslashib ketdi. Jamoaning asosiy tarkibidan doimiy ravishda o‘rin olmoqda. Qolaversa, qator gollarni urishda davom etmoqda. Jeymi Vardi bilan hujum chizig‘ida ajoyib tandem hosil qilgan.

Nolito ("Manchester Siti")

"Selta" hujumchisi "Manchester Siti"ga kelib, jamoa hujumini yanada kuchaytirdi. Nolito APLda ham qator gollarni urib qo‘ydi. U hujumda Serxio Aguero bilan yaxshi tandem hosil qila oldi. Gvardiola bu ikki hujumchining xizmatidan muntazam foydalanib kelmoqda. Ular har qanday jamoa himoyasiga jiddiy talafot kelitirishda davom etishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL futboliga moslashib ketgan futbolchilar xaqida