01:39 / 30.10.2016
6 791

Odil Ahmedovning jamoadoshi yangi stadionda sevgan qizining qo‘lini so‘radi

Odil Ahmedovning jamoadoshi yangi stadionda sevgan qizining qo‘lini so‘radi

Rossiyaning «Krasnodar» futbol klubi himoyachisi, braziliyalik Naldo jamoaning yangi stadionida sevgan qizining qo‘lini so‘radi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi «Kun.uz».

Futbolchi Julianani jurnalistlar bilan intervyu bahonasida stadionga olib keldi. Biroq buning o‘rniga futbol maydonida unga turmushga chiqishni taklif qildi va qiz bunga rozilik berdi.

Naldo «Krasnodar» safiga 2016 yil yozida kelib qo‘shilgandi. U jamoa safida hozirgacha barcha turnirlarda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta to‘p kiritdi.

Ma’lumot uchun, 2013 yilda qurilishi boshlangan «Krasnodar» stadioni shu yil 9 oktyabrda Rossiya terma jamoasining Kosta-Rikaga qarshi o‘yini bilan ochildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedovning jamoadoshi yangi stadionda sevgan qizining qo‘lini so‘radi