14:21 / 06.11.2016
5 849

«Barselona» Messi bilan shartnomani uzaytira olmasligi mumkin

«Barselona» Messi bilan shartnomani uzaytira olmasligi mumkin

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolash borasida yuzaga kelgan qiyinchiliklar haqida gapirib o‘tdi.

Messi bilan shartnoma 2018 yilgacha tuzilgan va agar bu shartnoma uzaytirilmasa, futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin.

Ayni vaqtda Messi «Barselona»da yiliga 48 million evro miqdorida maosh olmoqda (Soliqlar qiymati chiqarib tashlangach 24 million evro).

UEFA tomonidan qo‘yilgan moliyaviy feyr-pley talabiga ko‘ra, klub tomonidan futbolchilarga to‘lanadigan mablag‘ ishlab topilgan daromadning 65 foizidan oshib ketmasligi lozim hisoblanadi.

«Biz har qanaqasiga ham yangi shartnoma imzolay olmymiz. Chunki 65 foizlik ko‘rsatkichdan biroz oshib ketganmiz. Bizda cheklanmagan resurslar yo‘q va bu bizni xavotirga solmoqda.

Qachonki, to‘lanadigan maosh qiymati juda yuqori bo‘lganda, bu klubning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi», degan Bartomeu As nashriga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Messi bilan shartnomani uzaytira olmasligi mumkin