Sanjar Tursunov Ukraina chempionatida turning ramziy terma jamoasiga kiritildi

  • 13 mart 2015, 23:37
  • 4 016
  • Sport
  • Sanjar Tursunov Ukraina chempionatida turning ramziy terma jamoasiga kiritildi

    Ukrainadagi Football.ua nashri Ukraina chempionati 16-turida yaxshi o‘yin namoyish qilgan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzdi. Ushbu terma jamoadan "Vorskla" klubi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov ham o‘rin olgan.

    "Sanjar Tursunov "Vorskla" tarkibida "Goverla"ga qarshi kechgan uchrashuvda o‘zini ko‘rsata oldi. "Vorskla" uchun standart vaziyatlar va tezkor hujumlarning o‘rni katta. Bu borada Sanjar Tursunov qay darajada bebaho ekanini ta’kidlab o‘tish shart.

    Tursunov har ikki golli hujumda ishtirok etdi va yana bir qator vaziyatlarda o‘yinni kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi", - deyiladi Football.ua tomonidan Sanjar Tursunovga berilgan ta’rifda.

    Manba: www.uff.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sanjar Tursunov Ukraina chempionatida turning ramziy terma jamoasiga kiritildi