21:12 / 10.11.2016
10 899

Nihoyat O‘zbekiston futboli haqida ochiq haqiqat aytildi

Nihoyat O‘zbekiston futboli haqida ochiq haqiqat aytildi

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi, o‘z vaqtida Moskvaning «Spartak» jamoasi a’zosi bo‘lgan, ayni vaqtda Toshkentning «Obod» klubini boshqarayotgan mutaxassis Ja’far Irismetov Rossiyaning «Chempionat» nashriga intervyu berdi, deb yozadi Diydoraziz.uz.

U rossiyalik muxbir Mark Bessonov bilan suhbat davomida uning o‘zbek futboli haqida savoliga ham javob qaytargan va O‘zbekistonda futbol rivojlanmayotganini qayd etgan.

«Mening hisoblashimcha, keyingi yillarda bizning futbol rivojlanmayapti, aksincha orqaga ketmoqda. Bolalar va o‘smirlar futboli oqsamoqda. Mana yoshlar terma jamoasi mundialga chiqa olmadik, axir biz so‘nggi yillarda jamoamizni Jahon Chempionatlarida ko‘rishga odatlanib qolgandik», degan Oliy liga debyutanti murabbiyi.

Qayd etish kerakki, bundan oldinroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Samvel Babayan yaqindagina shu nashrga intervyu berib, mahalliy futbol o‘sib borayotgani haqida aytib o‘tgandi. Jurnalist esa boshqa bir o‘zbekistonlik murabbiydan ham shu haqda so‘rashga qaror qilgandi.

Shu bilan birga u O‘zbekiston terma jamoasining Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanini aytgan.
«To‘g‘ri, Babayan natija ko‘rsatmoqda, lekin Eronga qarshi so‘nggi o‘yinda muammolarimiz ko‘rinib qoldi. O‘zbekiston termasiga saviyali futbolchilar etishmaydi. Ahmedov va Denisov butsalarini mixga ilgach, ularni kim almashtiradi? Men o‘z chempionatimni yomon bilmayman, shu erda ishlayapman. Lekin aytishim kerakki, termani kuchaytirishi mumkin bo‘lgan hech kim yo‘q», — deya qayd etgan Irismetov.

Irismetov futbolchi sifatida O‘zbekiston chempioni, mamlakat Kubogi sohibi hisoblanadi. U bir mavsumda gol urish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati rekordchisidir (37 uchrashuvda 45ta gol). U «Spartak»dan tashqari, Rossiya, Qozog‘iston va Ukraina chempionati jamoalari safida o‘ynagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nihoyat O‘zbekiston futboli haqida ochiq haqiqat aytildi