Futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasi sardori Neymar JCh-2018 saralashining 11-turida Argentinaga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvda terma jamoasi safidagi 50-golini urdi. Endi u braziliyaliklarning afsonaviy futbolchilari Pele, Ronaldo va Romario qatorida terma jamoa uchun 50 gol urgan futbolchi bo‘ldi.
Neymar argentinaliklarga qarshi uchrashuvning 45-daqiqasida hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Qayd etish kerakki, Neymar Braziliyaning oxirgi 4 uchrashuvida 3ta gol urdi va 5ta golga to‘p uzatdi.
Neymar 50ta golini terma jamoadagi 74 uchrashuvda urishga ulgurdi. Terma jamoa uchun 50tadan ortiq gol urganlar uchligi quyidagicha: Birinchi - Pele (77 gol, 91 uchrashuv), ikkinchi - Ronaldo (62 gol, 98 uchrashuv), uchinchi - Romario (55 gol, 70 uchrashuv).
Braziliyaliklar bu g‘alabadan keyin guruhda 24 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Argentina 16 ochko bilan oltinchi o‘rinda va jamoa mundialga yo‘llanma beruvchi o‘rinlardan tashqarida qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi