12:31 / 14.11.2016
6 203

Ronaldu Evropa terma jamoalarining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Ronaldu Evropa terma jamoalarining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi

2018 yilgi jahon chempionatining Latviyaga qarshi saralash uchrashuvida dubl amalga oshirgan Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa terma jamoalarining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Uchrashuv portugallarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ronaldu 68 ta gol bilan bu ko‘rsatkich bo‘yicha Gerd Myuller va Robbi Kin bilan tenglashib oldi. Undan avvalgi o‘rinlar Miroslav Kloze (71 ta gol), Shandor Kochish (75 ta gol) va Ferens Pushkashga (84 ta gol) tegishli bo‘lib qolmoqda.

Robbi Kin terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgani sababli Ronaldu bu ro‘yxatda milliy terma jamoalar safida amalda to‘p surayotgan yagona futbolchi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Evropa terma jamoalarining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi