00:03 / 16.11.2016
6 366

Babayan «Qovun tushurish» taktikasiga sodiq qoldi

Babayan «Qovun tushurish» taktikasiga sodiq qoldi

Bugungi O‘zbekiston va Janubiy Koreya uchrashuvidan keyin yurak xuruji tutib tez yordam chaqirganlar, «Onamdan qolgan tosh oyna qani»-deya jaxl otiga minganlar son mingtalab topilsa kerak. Yana necha ming kishi asabni asrash maqsadida futboldan voz kechgan bo‘lsa ajab emas. Futbol sport turi emas, bizning ishqibozlar uchun umrning zavoliga aylanib ulgurdi.

Babayanning esa asablariga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Avvalgi o‘yinlarning saviyasi Janubiy Koreya terma jamoasini yuta olmasligini ko‘rsatib turardi. Lekin, murabbiy o‘z taktikasiga sodiq qoldi. Qaysi taktika deysizmi?

Shu paytgacha Babayanning «bizning taktika» degan so‘zlariga tushunmas edim. «Bizning terma jamoa taktikasi bormi o‘zi?» — degan fikr kelardi xayolga. Endi anglab etdim.

Bizning taktika oddiy. Raqibning kamchiligidan foydalangan holda amallab bir gol kiritib, keyin maydonda pista chaqib yursak ham bo‘laveradi.
O‘zimizdan kuchsiz jamoani yutib, oldi-qochdi gap bilan maqtanamiz. Kuchli yoki o‘rtacha jamoaga yutqazib obi-havo yoki boshqa arzimagan vaziyatlarni bahona qilamiz. Terma jamoa murabbiyining ana shu taktikasi bilan shu joygacha keldik, bundan buyog‘iga ham undan voz kechmasak kerak.

Taktikaning davomi esa oddiy: «Keyingi, keyingi jahon chemmpionatlariga chiqishni umid qilib qolaveramiz.»

Abdurahmon

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Babayan «Qovun tushurish» taktikasiga sodiq qoldi