10:32 / 15.03.2015
5 426

Messining dubli «Barselona»ga «Eybar» ustidan g‘alabani keltirdi

Messining dubli «Barselona»ga «Eybar» ustidan g‘alabani keltirdi

Ispaniya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan “Eybar” hamda “Barselona” klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda 0:2 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlabki bo‘limning ilk daqiqalaridanoq “Barselona” to‘pni o‘z nazorati ostiga oldi. 31-daqiqaga kelib esa Luis Enrike shogirdalari penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi va Leo Messi 11 metrlik nuqtadan Ximenesni dog‘da qoldirdi – 0:1.

Ikkinchi bo‘limning 10-daqiqasiga kelib yana argentinalik hujumchining raqib darvozasiga ikkinchi golni ham kiritib, dublga mualliflik qildi. Uchrashuv oxiriga qadar, mazkur natija o‘zgarmay qoldi.

Demak, ushbu muvaffaqitya evaziga “Barsa” 65 ochko to‘plab, o‘z peshqadamligini mustahkamlab oldi.

Ispaniya chempionati
27-tur

Eybar – Barselona 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 31, penalti Messi, 0:2 – 55 Messi.
Eybar – Ximenes, Navas, Kastelyano, Ekisa, Vila (Boateng, 77), Berxon, Fernandes, Lara, Errasti (Kapa, 58), Del Moral (Povakkari, 69), Boveda.
Barselona – Bravo, Bartra, Montoyya, Pike, Adriano, Rafinya, Roberto, Rakitich (Xavi, 62), Neymar (Pedro, 70), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Ekisa (30).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messining dubli «Barselona»ga «Eybar» ustidan g‘alabani keltirdi