17:21 / 22.11.2016
5 610

Gvardiola «Manchester Siti» rahbariyatiga o‘ta muhim masalada murojaat qildi

Gvardiola «Manchester Siti» rahbariyatiga o‘ta muhim masalada murojaat qildi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola rahbariyatga muhim taklif bilan chiqdi. Cope radiosi xabariga ko‘ra, u «Barselona» hujumchisi Lionel Messini qo‘lga kiritish uchun barcha choralarni ko‘rmoqchi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, murabbiy bu masalada shaharliklar jamoasi sport direktori Chiki Begiristayn va ijrochi direktor Ferran Soriano bilan gaplashib olgan. Gvardiola ularga Messini xarid qilish – eng asosiy maqsad ekanini bildirgan. U bu masala yaqin oylar ichida hal qilinishini istamoqda.

Bundan avvalgi xabarlarda, «Manchester Siti» Messi uchun 230 mln evro to‘lashga roziligi aytilgandi. Bundan tashqari, Angliyaning boshqa bir jamoasi «Manchester Yunayted» va adidas firmasi Messiga jamoasi bilan shartnomasini uzaytirmasligi uchun 100 mln evro miqdoridagi mukofot berishga tayyorligi ma’lum qilindi.

Messining «Barselona» bilan tuzgan shartnomasi 2018 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola «Manchester Siti» rahbariyatiga o‘ta muhim masalada murojaat qildi