Ronaldu: Grizmann meni ko‘rarga ko‘zi yo‘qligi haqida aytgan

  • 22 noyabr 2016, 20:10
  • 4 697
  • Sport
  • Ronaldu: Grizmann meni ko‘rarga ko‘zi yo‘qligi haqida aytgan

    Madridning «Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning aytishicha, «Atletiko» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Evro-2016 musobaqalarida Ronalduni ko‘rarga ko‘zi yo‘qligini tan olgan.

    «Parijda, Evro-2016 finalida, Grizmann mening oldimga keldi va dedi: «Seni ko‘rarga ko‘zim yo‘q».

    Finalda jarohat olganimda, oyoqlarimni bosa olmay qolgandim. Bu uchrashuvni to‘liq o‘tkazishni xohlagandim. Ammo birdaniga tushundimki, buning iloji yo‘q edi», — degan Ronaldu France Football nashriga bergan intervyusida.

    Portugaliya ushbu uchrashuvda Fransiyani mag‘lub etib, (1:0) bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, undan oldinroq Evropa chempionlar ligasi finalida ham Ronaldu va «Real» Grizmann jamoasi «Atletiko»ni penaltilar seriyasida (1:1, 5-3 pen) mag‘lubiyatga uchratgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ronaldu: Grizmann meni ko‘rarga ko‘zi yo‘qligi haqida aytgan