22:08 / 22.11.2016
7 597

Jangchi Furqat Yoqubov MMA bo‘yicha jahon chempionati kubogini qo‘lga kiritdi

Jangchi Furqat Yoqubov MMA bo‘yicha jahon chempionati kubogini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik aralash yakkakurashlar jangchisi CKF World Championship turnirida xitoylik raqibidan ustun keldi.

20 noyabr kuni Xitoyning Anxoy provinsiyasida MMA jangovar aralash yakkakurashlar bo‘yicha Chinese Kungfu Championships (CKF) kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Kechadagi bellashuvlardan birida 75 kg gacha vazn tofasida o‘zbek jangchisi Furqat Yoqubov (6−0−0) bahsga kirishdi.

Namanganlik sportchi Xitoy vakili Xao Liga (10−1−0) qarshi ringga ko‘tarilib, uch raund yakunlariga ko‘ra hakamlar tomonidan g‘olib deb topildi. Shunday qilib, Furqatbek CKF talqini bo‘yicha jahon chempionati kubogi sohibiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jangchi Furqat Yoqubov MMA bo‘yicha jahon chempionati kubogini qo‘lga kiritdi