19:46 / 23.11.2016
5 659

Igor Sergeevning Xitoydagi safari qaridi

Igor Sergeevning Xitoydagi safari qaridi

Shu yilning iyul oyida Xitoyning “Beyjing Goan” klubi o‘z tarkibiga O‘zbekiston Milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeevni qo‘shib olgan edi.

“Darakchi” nashrining ma’lum qilishicha, shartnomaga ko‘ra Sergeev klub safida 6 oylik muddatda ijara asosida to‘p surishi, agar jamoada yaxshi o‘yin ko‘rsata olsa qo‘shimcha shartnoma taklif etilishi kerak edi.

Biroq o‘z debyutini “Tyanjin Teda”ga qarshi 14 daqiqalik o‘yini (0 – 0) bilan boshlagan hujumchining Xitoydagi faoliyati juda omadsiz o‘tdi. Umumiy hisobda 14 marotaba (7 marotaba asosiy tarkibda) “Beyjing Goan” safida maydonga tushgan Sergeev 700 daqiqa maydonda to‘p surdi va atigi 1 marotaba gol urdi xolos. U ham bo‘lsa, hamyurtimiz Anzur Ismoilov (himoyachi!) to‘p suradigan “Changchung Yatay” jamoasiga qarshi o‘yinda kiritilgan edi.

Xabarda ta’kidlanishicha, “Beyjing Goan” futbolchi bilan shartnoma tuzishni istamagan va futbolchi “Paxtakor” klubida faoliyatini davom etirishi mumkin. Amaldagi shartnoma shu yil 31 dekabrda o‘z yakuniga etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Sergeevning Xitoydagi safari qaridi